6 110
Qarshi tuman IIB boshlig‘i g‘alla rejasini bajarmagan fermerlarni “musht” bilan “siyladi”…
Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Rajabov davlatga don topshirish rejasini bajara olmagan fermerlarni shafqatsizlarcha kaltaklagan. Shu haqda tumandagi “Abdug‘afurov Muhammad” fermer xo‘jaligi rahbari 33 yoshli Rahmatullo Xo‘jamurodov xabar tarqatgan. Uning aytishicha, militsiya bo‘limi boshlig‘i oldin fermerlardan reja bajarilmasligi sababini surishtirgan. Ular buning sababini tushuntira boshlashganda, barchalarini baravar kaltaklay ketgan.
— U meni va yana ikki fermer Bahriddin To‘rayev, Abduhamid Pardayevlarni kaltakladi, — dedi Rahmatullo Xo‘jamurodov. — Avval quloq-chakkamizga, keyin esa yuz-ko‘zlarimiz aralash ayovsiz zarbalar yo‘lladi…
Jabrlanuvchi yana shuni alohida ta’kidlab o‘tdiki, boshqa fermerlar ham kaltakdan bebahra qolmadi. Hatto, yoshi ulug‘ fermerlarni ham militsiya bo‘limi boshlig‘i ayab o‘tirmagan…
Jahongir Rajabovning o‘zi bu masalada jurnalistlar bilan suhbatlashishdan bosh tortgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi