date
views 5 466

To‘y kortejlariga qarshi chiqqan Yoshlar Ittifoqining o‘zi kortej uyushtirdi (video)

To‘y kortejlariga qarshi chiqqan Yoshlar Ittifoqining o‘zi kortej uyushtirdi (video)
30 iyun Yoshlar kuni bayrami O‘zbekistonda ilk bor nishonlandi. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi ham bir yoshga to‘lganini nishonladi.

Bayramdan keyin Facebook ijtimoiy tarmog‘ida samarqandlik Saydali Axtamov nomli fuqaro quyidagi videolavhani tanqidiy izoh bilan joylashtirdi.

Ushbu videolavha Facebookda joylashtirilganidan keyin uning ostiga ko‘plab salbiy izohlar qoldirildi. Ularning asosiylari: ushbu kortej, boshqa har qanday kortej kabi, yo‘l harakatiga xalal berganini, ikkinchidan, harakatlanayotgan mashinadan beligacha chiqib olgan yoshlar – Yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini buzayotgani va uchinchidan — davlat mablag‘lari befoyda sarflangani haqida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘y kortejlariga qarshi chiqqan Yoshlar Ittifoqining o‘zi kortej uyushtirdi (video)