Tojikiston bosh prokuraturasi o‘zini prokuratura idoralari xodimi sifatida ko‘rsatib pora evaziga jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni yoki prokuraturaga ishga joylashtirishni va’da qilgan fuqarolar bilan bog‘liq bir nechta hodisani fosh qildi.
Tojikiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga qaraganda, o‘zini prokuror yoki prokuror “odami” deya tanishtirgan bu kishilarning ko‘pchiligi avval sudlangan bo‘lgan. Ularning hammasi qo‘lga olingan.
Masalan, So‘g‘d viloyatida yashovchi Sherali Umarov bundan oldin firibgarlik, hujjatlarni soxtalashtirish kabi ayblar bilan javobgarlikka tortilgan. U o‘zini prokuror deya tanishtirib, bezorilik uchun ushlangan Spitamen tumanilik Oybek Sheraliyevni ozod qilish evaziga 30 ming somoni (3,3 ming dollar) olgan.
Ushbu mamlakatning Dang‘ara tumani G‘arg‘ara qishlog‘ida yashovchi Abdurasul Abdulloyev esa bir kishiga yuqori lavozimli davlat amaldorining qarindoshi va bosh prokuraturadagi muhim xodim bilan tanishligini aytib, u yerga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan va 3 ming AQSh dollari olgan. Ayblanuvchining aybi sudda to‘liq isbotlanib, Abdulloyev 5 yil ozodlikdan mahrum qilindi.
Advokat Xurshed Abdurazzoqov esa Vahdat shahar prokuraturasi bilan aloqasi borligini aytib o‘zi himoya qilayotgan mijozidan pora olgan.
Bosh prokuratura bayonotda bu kabi fuqarolar prokuratura xodimlari sha’ni va libosini badnom qilganini qayd etilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi