
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 12 iyul kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, «Toshkent dengizi» dam olish maskani ishchisi A.R. (1992 yilda tug‘ilgan) dam olish maskan hududida joylashgan avtoturargohda bezorilik qilgan.
Oqibatda yonida bo‘lgan pnevmatik to‘pponchadan shu avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.ga o‘q otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada jarohat olgan ikki nafar ishchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, A.R.ni ushlash choralari ko‘rilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar