
Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketgan.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017 yildan boshlab mamlakatimizning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tgan yili 102 ta ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ldi.
Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.
Jumladan, Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar