I.Karimovga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan Zokir Rahimov O‘zbekistonga olib kelindi (video)

I.Karimovga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan Zokir Rahimov O‘zbekistonga olib kelindi (video)
Foto: «O‘zbekiston 24»
«O‘zbekiston 24» telekanalida 16 fevral voqealari ishtirokchisi Zokir Rahimovning Istanbulda qo‘lga olingani haqida lavha berildi.

DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Istanbulda qo‘lga olingan Zokir Rahimov O‘zbekistonga qaytarildi.

Zokir Rahimov 2000 yildan beri qidiruvda bo‘lgan bo‘lib, Turkiston islomiy harakati, keyinchalik IShID a’zosiga aylangan. 1994-1999 yillarda «Jihodchilar» diniy-ekstremistik oqimi a’zosi bo‘lgan. 1999 yilgi voqealardan keyin u Tojikistonga qochib ketadi. U yerda Turkiston islomiy harakati terroristik tashkilotiga qo‘shilgan. Qisqa vaqtdan so‘ng, Afg‘onistonga o‘tib ketgan.

U taxminan 2012 yilgacha Tojikistonning soxta pasportlari bilan yashab kelgan. 2014 yilda Bahrom Buranov nomiga Turkiyaning soxta pasportini olgan. Keyinchalik Turkiya poytaxtida o‘z faoliyatini davom ettirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar