6 954
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan OTMlar ro‘yxati bilan tanishing
2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlangan.
Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
• ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
• oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan;
• 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
• №086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
• pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi;
• Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.
2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi