21:30 / 31.07.2018
4 059

Navoiyda "soxta militsioner" qo‘lga olindi

Навоийда "сохта милиционер" қўлга олинди
Navoiyda IIB xodimlari hushyorligi va e’tiborliligi tufayli soxta ichki ishlar idorasi xodimi “faoliyati”ga chek qo‘yildi.

Asli nurotalik ushbu shaxs 1996 yilda “Avazsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida tug‘ilgan bo‘lib, “Akvato‘dako‘l” MJChda nazoratchi sifatida ishlab kelgan.

— “Soxta xodimning” ichki ishlar idorasi xodimlarining kuz-qish mavsumiga mo‘ljallangan yengi uzun kiyimda yurganligi xodimlarimizning e’tiborini tortadi, — deydi viloyat IIB matbuot guruhi rahbari O‘ktam Usmonov. – Navoiy shahridagi savdo nuqtalaridan birida navbatdagi qing‘ir ishini amalga oshirayotgan chog‘ida qo‘lga olindi. Uning yonidan ichki ishlar idorasi xodimining soxta guvohnomasi ham topildi.

"Xalq so‘zi" nashri xabariga ko‘ra, ayni chog‘da mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda "soxta militsioner" qo‘lga olindi