Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga binoan shahar yo‘llarida «Diqqat, radar!» belgisi o‘rnatilmoqda.
«Shu sababli sizdan yo‘llarda diqqatli bo‘lishni va ushbu belgini inkor etmaslikni so‘raymiz. Zero, ushbu belgilar ostidagi hududlarda statsionar yoki mobil radarlar o‘rnatilganini unutmang», deyiladi shahar IIBB axborotida.
Mazkur qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini «O‘zbekiston pochtasi» Toshkent shahar filialining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga esa bu haqda pochta orqali ma’lumot yuboriladi.
Bu esa qoidabuzar va YPX xodimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi