«Yoshlar» telekanalining «Yangi Davr» informatsion dasturida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yuz bergan fojiali hodisa haqida reportaj berildi.
Avvalroq Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 17 yoshli qiz va 20 yoshli yigit o‘zini poyezd ostiga tashlagani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea tungi soat 2:50 atrofida yuz bergan — poyezd hodisa joyiga yetib kelishiga 50 metr qolganida yigit ham, qiz ham relslar oralig‘iga o‘tirib olgan.
Har ikki yosh istiqomat qilgan Jarqo‘rg‘on tumani «Surxon» qishloq fuqarolar yig‘ini «Qumqishloq» mahallasi raisi Baxtiyor Norahmedovning so‘zlariga ko‘ra, yigit qizning uyiga bir necha bor sovchi yuborgan, biroq qiz hali voyaga yetmagani, maktab o‘quvchisi bo‘lgani uchun rad javob berilgan. Yigitning xonadoni esa azada bo‘lgan — uning onasi bir yilcha avval vafot etgan, boz ustiga hali akasi uylanmagan bo‘lgan.
«Ikkovining ham oilasi namunali, yomon oilalardan emas», — deydi mahalla raisi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin