14:30 / 20.08.2018
5 948

Qovun — chanqoqni bosadi, asablarni tinchlantiradi

Qovun — chanqoqni bosadi, asablarni tinchlantiradi
Qovunning mag‘zida ham, urug‘ida ham iste’mol qilish uchun to‘liq yaroqli bo‘lgan 30 % gacha yog‘ moddalari mavjud. Bundan tashqari qovun ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, undagi foliy kislotasi qon hosil qilishda ishtirok etadi. Qovun aterosklerozda, kamqonlikda, yurak, qon tomir kasalliklarida juda foydalidir.

Tarkibi

Qovunni iste’mol qilish qadimdan kasalliklarni davolashda keng tavsiya etib kelingan. Uni sil, oshqozon kasalliklari, turli ruhiy xastaliklarda, revmatizm, podagra, shamollash va yo‘talga qarshi kasalliklarni davolashda, shuningdek gijjani haydab tushirishda tavsiya etilgan. Qovun urug‘i sutdagi damlanmasini xalq tabobati bilimdonlari peshob tutilib qolishida, qovuqda tosh paydo bo‘lishida, qovun sharbatini esa, qabziyat va bavosilda tavsiya etishgan. Qovun urug‘ining suvda ivitilgani faol peshob haydovchi, yengil ich suruvchi vosita bo‘lib, buyrak, jigar va qovuq uchun juda foydalidir.

Qovun chanqoqni bosib, asab tizimini tinchlantiradi. Uning shifobaxsh xususiyatlari tarkibida V9 va S vitaminlari, temir moddasi va kaliy tuziga boyligi bilan bog‘liq. Shu sababdan ham mutaxassis-diyetologlar bemorlarda kamqonlik, yurak, qon tomir kasalliklarida, aterosklerozda, buyrak va jigar kasalliklarini davolashda qovun iste’mol qilishni buyurishadi.

SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Qovunning shifobaxsh xususiyatlari uning yetilib, yaxshi pishganligi bilan bog‘liq. Masalan, yetilib pishmagan qovun – sapchani yeyish oshqozon yarasi yoki gastrit kasali bor kishilarga tavsiya etilmaydi. Och qoringa ham qovun tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni xatarsiz tanovul qilishning tartibi ovqat tanovul qilish orasida bo‘lishi yaxshidir, bunda u boshqa tanovul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari bilan aralashishi yaxshiroqdir.

Bugungi kunda diyetologlar qovun iste’mol qilishni ovqat hazm qilishni yaxshilash maqsadida tavsiya etishadi. Bundan tashqari u ajoyib gijja haydovchi vositadir. Bu albatta bolalar uchun foydali.

Shamollash va turli illatlarni davolashda qovunning foydasi Sharqda tabiblar qadimdan qovundan shifobaxsh vosita – dori sifatida foydalanishgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino o‘ziga murojaat qilgan yurak, qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni qovun urug‘i va po‘sti bilan davolagan. Shuningdek, u buyraklarda paydo bo‘lgan toshlarni chiqarib yubora oladigan xususiyatlarga ega ekanligini ta’kidlagan.

QOVUN YORDAMIDA OZISH

Yevropada keyingi yillarda organizmni qovunning sharbati yordamida tozalash keng tus oldi. Har xil ortiqcha yoqimsiz moddalar va xiltlardan organizmni tozalash uchun 20 kun davomida nahorga, kishi ta’biga qarab, qovun sharbatiga xohlagan mevasini qo‘shib iste’mol qilinadi. Ogohlantirish: bu davolash uslubini albatta mutaxassis shifokor maslahati bilan qo‘llaniladi.

AYOLLAR SOG‘LIG‘I UCHUN FOYDASI KATTA

Qovunda mavjud bo‘lganfoliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur bo‘lgan modda bo‘lib, uningsiz farzandga sog‘lom ona bo‘lish me’yorida bo‘lolmaydi. Ayollar, ayniqsa homilador ayollar ovqatlanish ratsionlariga qovunni qo‘shishlari zarur va foydalidir. Aytgancha, qovunda mavjud bo‘lgan kremniy suyak, soch va terining sog‘lom bo‘lish muvozanatini ta’minlaydi. S vitamini usti-ustiga davom etgan shamollashdan zaiflashgan kishilar organizmida immunitetni mustahkamlaydi.

Ortiqcha semirishning oldini oladi Uning past kaloriyaliligiortiqcha vazndan qutilishda yordam beradi. Lekin qand kasalligi bor kishilar qovun tarkibida qand moddasi ko‘p bo‘lganligidan, uni ehtiyot bo‘lib iste’mol qilishlari zarur.

TAVSIYA

1. Qovun iste’mol qilgach, uning ketidan sovuq suv, sut, qatiq va kefir ichmang.

2. Och qoringa, nahorga qovun yemang!

3. Homilador va emizikli ayollar qovun iste’mol qilishda ogoh bo‘lishlari tavsiya etiladi, chunki qovunning ko‘p iste’mol qilinishi bola ichak yo‘llarida muammo keltirib chiqarishi mumkin.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qovun — chanqoqni bosadi, asablarni tinchlantiradi