9 048
O‘zbekiston hukumati a’zolari korteji YTHga uchradi, Abdulla Aripov va Alisher Sultonov jarohatlandi (foto)
20 avgust kuni O‘zbekiston hukumati rahbariyati korteji Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
“Kun.uz” manbasi aniqlik kiritishicha, Bekobod tumaniga ketayotgan kortej Dehqonobod MFY yaqinida avariyaga uchragan.
Bosh prokuraturadan “Kun.uz”ga tasdiqlashlaricha, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, kortejga urilgan. Ushbu YTH oqibatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va uning o‘rinbosari, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sultonov jarohat olgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kortejning bosh qismidagi Alisher Sultonov bo‘lgan avtomobil jiddiy shikastlangan, bosh vazir o‘rinbosari hamda uning yonida bo‘lganlar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda ular shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov mingan avtomobil esa kortejning orqarog‘ida bo‘lgan va YTH vaqtida jiddiy shikastlanmagan. Aripov va uning yonidagi yana bir kishi ham yengil tan jarohati olgan, ularning salomatligi barqaror holatda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi