Mirziyoyev: «Umumiy kelajagimiz – o'zimizning qo'limizda»

Mirziyoyev: «Umumiy kelajagimiz – o'zimizning qo'limizda»
Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi ta`sischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston delegatsiyalari a`zolari, Jamg'arma boshqaruvi vakillari ishtirok etdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.

“Qariyb o'n yillik tanaffusdan so'ng o'tayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi ta`sischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta sur`at bag'ishlaydi. Biz bu boradagi o'zaro hamkorlikka qat`iy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mirziyoyev: «Umumiy kelajagimiz – o'zimizning qo'limizda»
Orol dengizi qurishining oqibatlari tobora chuqurlashayotgani, Orolbo'yi atrofidagi hududlar cho'llanishi davom etayotgani ta`kidlandi. Suv resurslari tanqisligi, yer degradatsiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o'zgarishlari kuzatilayotganiga e`tibor qaratildi.

“Shu bois bugungi uchrashuvimiz juda muhim. Ushbu halokat oqibatlarini yengib o'tish va Orolbo'yida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mamlakatlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda suv va ekologiya bilan bog'liq muammolarni hal etish uchun sa`y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur.

Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi bu boradagi yagona mintaqaviy tashkilotdir. U mamlakatlarimiz hamkorligining ta`sirchan mexanizmiga aylanishi mumkin.

Ishonamanki, tashkilot doirasida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari o'rtasida muvozanatga erisha olamiz. Zero, umumiy kelajagimiz – o'zimizning qo'limizda”, deya ta`kidladi davlat rahbari.

Prezident Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion yechimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar bo'yicha muhim takliflarni ilgari surdi.
Mirziyoyev: «Umumiy kelajagimiz – o'zimizning qo'limizda»
Eslatib o'tamiz, avvalroq prezidentlar tor doirada uchrashuv o'tkazgani, Orol muammosi muhokama qilingani xabar berilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar