
Sirdaryolik Baxtiyor ota Togʻayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan oilaviy tarzda Haj ziyoratiga bordi. U oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashgan videoni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Daryo nashriga taqdim etdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi nuroniy Baxtiyor ota Togʻayevni oʻz hisobidan Haj ziyoratiga yuborishini 13 aprel kuni Sayxunobod tumanida Prezident raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar