27 avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident devoni xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
“Kun.uz” maʼlumot berishicha, yigʻilishda bir qator tashkiliy masalalar koʻrilgan. Jumladan, yana bir bor majlisbozliklarga barham berish haqida gapirilgan.
Prezident majlislar vaqtini ham kamaytirish boʻyicha topshiriq bergan — majlislar vaqti 1,5 soatdan oshmasligi kerakligi belgilangan. Kunning noqulay paytlarida, tong saharlab yoki yarim kechada yigʻilishlar oʻtkazish qatʼiyan cheklanib, yigʻilishga bevosita aloqasi boʻlmagan korxonalar, idoralar va jamoat tashkilotlarining rahbar va xodimlarini, fermer va tadbirkorlar umuman taklif etilmaydi.
Shuningdek, mansabdor shaxslar endi shanba kuni soat 17:00gacha ishlab, yakshanba kuni ishga chiqmaydi.
Prezident davlat mansabdorlari yakshanba kunlarida dam olib, vaqtini oilasi bilan oʻtkazishi lozimligini aytib oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning bahorida davlat rahbari respublika darajasidagi rahbarlar uchun “favqulodda holat” eʼlon qilib, kuchaytirilgan tartibda ish olib borilishini aytgan edi. Shundan soʻng, davlat amaldorlari “24 soatlik rejim”da ishlay boshlashgandi.
Bundan oldinroq yigʻilish davomida prezident devoni tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy bergani, Xayriddin Sultonov va Qahramon Quronboyev davlat maslahatchisi lavozimini tark etgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi