Toshkentdagi yirik bozorlarning rahbarlari rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish ishi boʻyicha qoʻlga olingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Kun.uz”ga maʼlum qilishicha, bozorlardagi qonunbuzarlik holatlari boʻyicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan hamda dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Prokuratura matbuot xizmati qoʻlga olinganlarning shaxsiga aniqlik kiritmadi. Tergov davomida bu ish boʻyicha ayblanuvchilar soni ortib borishi mumkin.
«Anhor.uz» maʼlumotiga koʻra, qoʻlga olinganlar orasida “Bek toʻpi”, “Chorsu” majmuasi, “Chilonzor” (Ippodrom), Sergeli mashina bozori, “Eski joʻva” dehqon bozori va boshqalarning rahbarlari bor.
«Repost» manbasiga koʻra, hozirgacha qoʻlga olinganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
Maʼlumot uchun, Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) moddasi boʻyicha eng ogʻir jazo 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish hisoblanadi. Agar ayblanuvchi yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplasa, u faqat jarima yoki majburiy axloq tuzatish ishlari bilan qutulishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida