
Assalomu alaykum! Bir akamiz zalolatdan uygʻonib hidoyat sari intilmoqda. Faqat u akamizni tanasida rasm (tatirovka) bor. Namoz oʻqish uchun ularni avval yoʻq qilish kerakmi? Ularni yoʻq qilish uchun koʻp vaqt ketar ekan, shu masalada bizga maslahat bersangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
“Zikr ahlidan soʻrang” hayʼati javob berdi:
– Va alaykum assalom! Yoʻq qilish shart emas. (“Shart” soʻzi lugʻatda “alomat” maʼnosini bildiradi. Shariatda, bir narsaning vujudga kelishi unga bogʻliq boʻlgan va oʻzi oʻsha narsadan tashqarida boʻlgan narsa “shart”dir). Agar tanadagi tasvir jonivorning rasmi boʻlsa, uni yopadigan kiyim bilan berkitib oʻqiyveradi. Buni deb namozni aslo kechiktirmaslik kerak. Alloh taolo rahmatimga olay, jannatimni beray deb turganida yoʻq demaslik kerak. Vallohu aʼlam! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar