
Britaniyaning The Guardian nashri oʻzbek palovini eng yaxshi koʻcha taomlari oʻnligiga kiritdi.
“Oʻzbekistonning qayerida boʻlmang, ochiq olovda tayyorlanadigan palov mamlakatning hamma joyida uchraydigan koʻcha taomiga oʻxshaydi. U asosan guruch, goʻsht va sabzavotlardan tayyorlanadi. Toshkentning markaziy oziq-ovqat bozorida yurar ekanmiz, uzun oʻrindiqda tushlik qilib oʻtirgan mehmondoʻst ishchilar bizga bu mazali taomdan totib koʻrishni taklif qilishdi. Mehmondoʻstlikning ajoyib namunasi”, - deyiladi maqolada.
Mazkur roʻyxatdan shuningdek, fransuzcha quymoq, rumincha boʻgʻirsoq, nepalcha lagʻmon, meksikancha baliq va bangkokcha choʻchqa goʻshti oʻrin olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar