Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov qoʻlga olindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Manbaning maʼlum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, maxsus tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan. Yunusobod tumani hokimi ushbu pullar evaziga investorga yer maydoni taqdim etishni vaʼda qilgan.
Pora bilan ushlangan voqea ishtirokchilari bir necha kishi ekani aytilmoqda.
Baxtiyor Abdusamatov 1976 yilda tugʻilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan.
Turli yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari hamda Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi sifatida ishlagan.
U 2017 yilning 11 aprel kunida prezident rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor chogʻida hayfsan olgan, bir hafta oʻtib, tuman hokimligiga tushirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi