4 116
Mashina haydovchisi “Toshshahartransxizmat” xodimini “onasidan olib, onasiga soldi” (video)
Qonun ustuvorligi jamiyat hayotida adolatning, tartib-intizomning yuzaga kelishiga sababchi boʻladi. Qonunlarga boʻlgan hurmat esa oʻz-oʻzidan vatanga daxldorlik tuygʻusini shakllantiradi. Bu tushunchalarni mensimaslik, oyoq osti qilish va befarqlik, tabiiyki, jamiyatning qaysidir boʻgʻinida xaos boshlanishiga olib keladi.
Facebook ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan videorolikda ham ana shu xaosning alomatlarini sezish mumkin. Videoda avtobus bekatida toʻxtab turgan “Matiz” avtomashinasini koʻrish mumkin. Oʻzini “Toshshahartransxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayol avtomashina haydovchisidan nega bekatda turganini, bu qonunga zid ekanligini, zudlik bilan chetga chiqib turishini soʻraydi. Bunga javoban “Matiz”ning egasi ayolni tinimsiz haqoratlay boshlaydi (haydovchining birorta gapi soʻkishsiz boʻlmagani uchun ularni yoza olmadik). U hatto tashkilot xodimiga qoʻl ham koʻtaradi.
Bu orada “Spark” avtomobili ham kelib bekatda toʻxtamoqchi boʻladi, ammo videoga olinayotganini koʻrib, toʻxtamay oʻtib ketadi. Soʻkinishdan charchamagan “Matiz” haydovchisidan qochgan ayol navbatdagi avtobusga chiqib oladi. Shunda ham haydovchi ayolni taqib etib, yoʻlovchilarning oldida uni haqoratlaydi, qoʻllari bilan uyatsiz qiliqlar qiladi.
Yengil avtomobillarning avtobus bekatlarida turib olishlari odatiy manzaraga aylandi. Ammo bu qonunga zid-ku, buni hatto yosh bola ham biladi. Ammo haydovchilarga negadir hech kim hech narsa deya olmaydi. “Tirikchiligida” yoki “Och qornim tinch qulogʻim” qabilida befarq boʻlinadi. Qoida buzishiga qaramay davlat tashkiloti xodimini barchaning ichida soʻkib haqoratlash esa hech qaysi qolibga toʻgʻri kelmaydi. Kelajakda bunday holatlarga barham berish va qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bu kabi qoidabuzarliklar bilan oʻz vaqtida shugʻullanadi, deb umid qilib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi