Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xorijiy davlatlar rahbarlari orasidan birinchi boʻlib Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shahardan tashqaridagi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda BЕLTA maʼlumotiga tayanib Kun.uz xabar tarqatdi.
“Qaynarsoy” qarorgohi Toshkentdan 90 km uzoqlikda, Chorvoq suv ombori yonida, gʻarbiy Tyan-Shanning etagida joylashgan. U dengiz sathidan 900 metr balandlikda qurilgan. Hududda bir nechta turar-joy inshootlari, vertolyot maydonchasi va bandargoh (kemalar bogʻlab qoʻyiladigan joy) mavjud.
BЕLTA maʼlumotiga koʻra, bundan avval Shavkat Mirziyoyev “Qaynarsoy”ga xorijiy yetakchilarni taklif qilmagan.
Eslatib oʻtamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida sheriklikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha 19 hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda boʻlib oʻtgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq boʻlgan shartnoma va bitimlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi