Fuqarolar Bekzod Adilbekov va Anvarxoʻja Shoisayev moddiy manfaat ilinjida ichki ishlar organi xodimining xizmat kiyimini kiyib, firibgarlikka qoʻl urdi. Bu haqda “Toshkent” telekanalidagi “Poytaxt vaziyat” dasturida maʼlum qilindi.
Ular oson pul topish maqsadida joriy yilning 28 fevral kuni soat 16:30larda Toshkent shahar Mirobod tumani hududidagi “Bolajon” istirohat bogʻiga kelishadi va shu yerda sayr qilib yurgan Hakimov hamda Yusupovaning oldiga borib, ularni soʻroqqa tutadilar. Maqsad - poʻpisa qilish orqali pul ishlab olish boʻlgan. Aynan shuning uchun jamoat joyida behayo harakatlarni sodir etganlikda ayblab, bu haqda ular yashaydigan mahallada muhokama qilmaslik evaziga pul talab qilishadi.
Jabrlanganlarning arizasiga koʻra oʻtkazilgan Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB Oʻz xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining tezkor tadbirlari oʻtkazildi. Natijada Adilbekov va Shoisayevlar 80 ming soʻm miqdordagi pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi