Bank xizmatlarining ommabopligini oshirishda chakana xizmatlarning roli, ayniqsa, katta. Chunki ular mijozlar uchun juda qulay boʻlib, vaqtni tejash barobarida, turli ovoragarchiliklarning oldini oladi. Shu bois keyingi paytda mazkur turdagi xizmatlarni takomillashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilib, joylarda zamonaviy bankomatlar, infokiosklar oʻrnatilyapti.
“Agrobank“ ATB tomonidan chakana xizmatlarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlab oʻtkazilgan anjumanda shu haqda soʻz yuritildi.
Bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Rustam Mamatqulovning aytishicha, hozirgi paytda “Agrobank“ tomonidan joylashtirilgan terminalar soni 31,6 mingtaga, bankomatlar 100 taga, infokiosklar esa 420 taga yetkazildi. Aholi gavjum joylarga zamonaviy bankomatlar oʻrnatish boʻyicha olib borilgan oʻrganishlar natijasida respublikamiz boʻyicha ikki mingdan ortiq shunday nuqtalar aniqlandi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning noyabrigacha yana 300 ta zamonaviy bankomat olib kelib oʻrnatiladi. Keyingi yillarda esa yana 2 mingta bankomat olib kelish rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, mazkur qurilmalarnig turdoshlariga nisbatan afzalliklari koʻp. Masalan, ular orqali nafaqat milliy, balki xorijiy valyutani ham naqdlashtirib olish mumkin.
Yana bir yangilik. Bank tomonidan yaqin kunlarda jismoniy shaxslar uchun onlayn mikroqarzlar olish imkoniyati yaratiladi. Bunday mikroqarz olmoqchi boʻlganlar bankka tashrif buyurishi, hujjatlar taqdim etishi shart emas. Telefon orqali murojaat qilsa, kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!