Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan xabarga koʻra, joriy yilning 24 sentyabr kuni fuqaro Ch.N. Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi “R” ismli shaxs va oʻzini Mehnat vazirligining yuqori lavozimida ishlovchi rahbar xodimi deb tanishtirgan “X” ismli shaxs uning ikki tanishini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rahbarlari orqali Toshkent avtomobil yoʻllari kollejiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganliklarini maʼlum qilgan.
Ariza asosida, shu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida oʻtkazilgan tadbir davomida, Toshkent davlat yuridik universitetining 4-bosqich talabasi J.R. ariza muallifi Ch.N.dan 3000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. J.R. ushbu pullardan 1000 AQSH dollarini oʻziga ulush sifatida olib qolib, qolgan 2000 AQSH dollarini oʻqishga joylashtirish masalasini hal etish uchun “X” ismli sherigiga berishi lozim boʻlganligini koʻrsatganligi sababli tezkor tadbir davom ettirildi.
Natijada, 27 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy universitetining 2-bosqich talabasi X.X. hamda ushbu universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti katta oʻqituvchisi lavozimida ishlovchi X.S.lar 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.
Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan fuqarolar J.R., X.X. va X.S.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olinganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zini tuman hokimligi xodimi deb tanishtirgan shaxs 800 dollar bilan ushlandi

Oliy taʼlim vazirligi xodimi 3 ming AQSH dollari olayotgan paytda qoʻlga tushdi (foto)

Toshkent viloyati hokimligi “amaldor”i pora bilan qoʻlga tushdi

Milliy universitet dekani va o'rinbosari pora bilan qo'lga tushdi

O'qishga kiritib qo'yish uchun 6000 dollar so'ragan Milliy universitet dotsenti qo'lga olindi

Tibbiyot xodimlari “pora” olishda davom etmoqda...