Bugun, 21 oktyabr kuni taxminan soat 12.00da Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan avto ehtiyot qismlari bozori oralab qo‘lida to‘pponcha bilan yurgan shubhali shaxs aniqlangan.
Atrofdagi xaridor va sotuvchilar e’tiborini tortgan shaxs haqida IIB xodimlariga murojaat qilingach, voqea joyidan uzoqda bo‘lmagan IIB xodimlari shubhali shaxs bilan suhbatlashgan.
Ma’lum qilinishicha, 1979 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro N.A. pnevmatik to‘pponcha bilan havoga o‘q uzgandan so‘ng, atrofdagilarning e’tiborini tortgan. N.A. qarindoshining tug‘ilgan kunini o‘ziga xos nishonlash uchun qo‘lidagi pnevmatik qurol bilan havoga o‘q uzgani bildirildi.
Toshkent shahar IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, N.A. voqea joyidan Sergeli tumani Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan. Ayni paytda uning harakatlari o‘rnatilgan tartibda o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?