date

Sergelida YTH: Spark va BYD to‘qnashib, qiz jarohatlandi

Sergelida YTH: Spark va BYD to‘qnashib, qiz jarohatlandi

Poytaxt — Toshkentning Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi jamoatchilik e’tiborini tortdi. 10 aprel kuni ikki avtomobil ishtirokida yuz bergan to‘qnashuv oqibatida voyaga yetmagan qiz jabrlangan.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 13:50 atrofida TXAY–Qumariq ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Chevrolet Spark rusumli avtomobil 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi BYD bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv zarbasi natijasida BYD haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomobilni nazoratdan chiqargan. Natijada transport vositasi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 2012 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan piyodaga voqea joyida shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning ahvoli yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar barcha holatlarni o‘rganib chiqib, voqeaga huquqiy baho berishini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida YTH: Spark va BYD to‘qnashib, qiz jarohatlandi