O‘zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi, deya xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Joriy yilning 21 oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Mixaylova Tamara Viktorovna boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, qishki sport turlari bo‘yicha trenerlar tayyorlash sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, O‘zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi. Shuningdek, o‘zbek sportchi va trenerlariga universitetning Rossiyadagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan bazalarda shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirda so‘z olgan vazir Dilmurod Nabiyev prezident tomonidan O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar ham soha rivojiga xizmat qilishi kutilayotganligini va ushbu rejalarni hayotga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarga ishga solinishini ma’lum qildi.
Tamara Mixaylova universitetning yangi tashkil etiladigan filiali haqida shunday dedi: «Mazkur filial universitetimizning xorijda tashkil etilayotgan birinchi filiali bo‘ladi. Uning tashkil etilishi nafaqat O‘zbekiston balki barcha Markaziy Osiyo davlatlari yoshlarining ta’lim olishiga qulaylik yaratadi. Dastlab bir necha yo‘nalishda tashkil etiladigan filial yo‘nalishlari yildan-yilga kengaytirib boriladi. Biz muassasaning samarali faoliyat yuritishi uchun malakali mutaxassislarimizni jalb etamiz». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi