O‘zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi, deya xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Joriy yilning 21 oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Mixaylova Tamara Viktorovna boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, qishki sport turlari bo‘yicha trenerlar tayyorlash sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, O‘zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi. Shuningdek, o‘zbek sportchi va trenerlariga universitetning Rossiyadagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan bazalarda shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirda so‘z olgan vazir Dilmurod Nabiyev prezident tomonidan O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar ham soha rivojiga xizmat qilishi kutilayotganligini va ushbu rejalarni hayotga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarga ishga solinishini ma’lum qildi.
Tamara Mixaylova universitetning yangi tashkil etiladigan filiali haqida shunday dedi: «Mazkur filial universitetimizning xorijda tashkil etilayotgan birinchi filiali bo‘ladi. Uning tashkil etilishi nafaqat O‘zbekiston balki barcha Markaziy Osiyo davlatlari yoshlarining ta’lim olishiga qulaylik yaratadi. Dastlab bir necha yo‘nalishda tashkil etiladigan filial yo‘nalishlari yildan-yilga kengaytirib boriladi. Biz muassasaning samarali faoliyat yuritishi uchun malakali mutaxassislarimizni jalb etamiz». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi