
Xorazm viloyatining Xonqa tuman markaziy poliklinikasi vrach-kardiologi Z. K. fuqaro G. X. dan yurak xastaligi bo‘yicha zarur ma’lumotnoma yozib berish evaziga 200 AQSh dollari va 200 yuz ming so‘m pora talab qilgan. Vrach xuddi shu porani qabul qilib olayotganda, huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari tarafidan qo‘lga olindi.
Eslatib o‘tamiz, bu haqda fuqaro G. X. ning o‘zi tegishli tashkilotga xabar bergandi.
Hozirda Z. K. ga nisbatan respublika jinoyat majmuasining tegishli moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar