2018 yil 24 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini, deyarli har bir davrada, har kuni muhokama mavzusi bo‘ladigan masalalarni ko‘rib chiqdilar.
Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ayni paytda qonun hujjatlarida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ushbu hududlarda yashash hamda ishga joylashish bilan bog‘liq qator cheklovlar mavjud.
Mazkur cheklovlarga rioya etmaslik fuqarolar va mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
Ushbu qonun loyihasi bunday cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning ish tanlash, respublika hududida erkin harakatlanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari, pasport, bilim olish hamda ishga joylashish bilan bog‘liq boshqa huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi va qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi