Foto: «Gazeta.uz»
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan Qo‘qon shahar prokuraturasining qizlar uchun Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejining bir nechta xodimiga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi. Kollejdagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida avvalroq xabar berilgandi.
«Gazeta.uz»ga ma’lum qilinishicha, kollej direktori Ra’no Yuldasheva (1960 yilda tug‘ilgan) va omborchisi Odil Shermatov (1955 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jamoat ishlari bo‘yicha tartib saqlovchi Gapporjon Sultonov (1972 yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi «a» bandi va 119-moddasi (jinsiy etiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Maxsus kollejning o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Otabek Ro‘zimatov Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy etiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi