Qonunchilikka muvofiq gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholi ko‘mir mahsuloti bilan uzluksiz ravishda ta’minlanadi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- qish mavsumida gaz bo‘lmaydigan hududlarga yetarli miqdorda ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tegishli hujjatlar tasdiqlanadi (Vazirlar Mahkamasi – viloyat hokimliklari – tuman hokimliklari);
- tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan aholini ko‘mir bilan ta’minlashga oid jadval mahalla fuqarolar yig‘iniga yetkaziladi;
- mahalla fuqarolar yig‘ini kelib tushgan arizalarga muvofiq ko‘mirni sotib olish bo‘yicha reyestrni shakllantiradi va uni ko‘mir omborlariga yetkazib beradi;
- ko‘mir omborlari mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan taqdim etilgan reyestrga va tasdiqlangan jadvalga asosan aholini ko‘mir mahsuloti bilan Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan narxlar asosida uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi