O‘zbekiston Qirg‘iziston kartoshkasini import qilishni boshladi

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati O‘zbekistonga kartoshka eksport qilishni boshladi. Eksport oktyabr oyining o‘rtasida Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston o‘simliklar karantini inspeksiyasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi.
O‘zbekiston Qirg‘izistondan kartoshka import qilishga ruxsati bor 17 ta kompaniyaning ro‘yxatini taqdim etgan.
Ayni damda Issiqko‘l viloyati tadbirkorlari va "Namangan Universal Savdo Invest" MChJ o‘rtasida 2 ming tonna kartoshka yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Hozirgi kunda qirg‘iz tomoni 66 tonna kartoshka eksport qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘zbekiston Qirg‘izistondan kartoshka import qilishga ruxsati bor 17 ta kompaniyaning ro‘yxatini taqdim etgan.
Ayni damda Issiqko‘l viloyati tadbirkorlari va "Namangan Universal Savdo Invest" MChJ o‘rtasida 2 ming tonna kartoshka yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Hozirgi kunda qirg‘iz tomoni 66 tonna kartoshka eksport qilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…