Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasining ginekologiya bo‘limi akusher-ginekolog shifokori S.M. shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, fuqaro G.X.ning 4 oylik homilasini tushirib berish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 1 mln. 400 ming so‘m pulni pora tariqasida olganda ushlangan.
Shuningdek, tadbirda fuqaro G.X.ning 16 haftalik homilasi borligi aniqlanib, homiladorlik muddati 12 haftadan ortiq bo‘lgan shaxsning homilasini sun’iy tushirish mumkin emasligi haqida akusherlik-ginekologiya bo‘yicha mutaxassisning xulosasi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi akusher-ginekolog shifokori S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi