13:46 / 05.11.2018
5 820

Oliy harbiy bojxona instituti qayta tashkil etildi

Oliy harbiy bojxona instituti qayta tashkil etildi
Oliy harbiy bojxona instituti Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti 2 noyabr kuni bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

Shuningdek, institut bojxona organlari uchun ta’lim muddati to‘rt yil bo‘lgan bakalavrlarni va ta’lim muddati bir yil bo‘lgan magistrlarni tayyorlaydi.

Institutda bojxona ishi va yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy harbiy bojxona instituti qayta tashkil etildi