date
views 4 238

Chilonzordagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzordagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi
foto "IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar"
5 noyabr kuni Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi 1a-uyda joylashgan “Yangi Fayz ta’mir” MChJga qarashli mebel sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, soat 07:24 da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar tushgan.

Markaz tomonidan yong‘inni bartaraf qilish uchun 6 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan.

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 07:37 da o‘rab olinib, 07:45 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida sexning 80 kv.m. maydoni yongan. Yong‘inda bir nafar sex ishchisi kuyish jarohatini olgan.

Ayni vaqtda yong‘inni keltirib chiqargan sabab va zarar aniqlanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi