
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar keksa ayolning ustidan shafqatsizlarcha kulgani aks etgan qisqa video tarqaldi, deb yozadi Daryo.
Unda ikki yigit ayolning ortidan borib, uning boshiga chelak kiygizgani, so‘ng ulardan biri ayolni mushti bilan urganini ko‘rish mumkin. Ayol esa mo‘nkib, yiqilgan. Bezorilarning uchinchi hamtovog‘i hujumni videoga olgan.
Voqea Samarqanddagi «Shodiyona» savdo markazida yuz bergani taxmin etilmoqda. Mazkur videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi nashrga tasdiqlashicha, yigitlar qo‘lga olingan, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar