
10-11 noyabr kunlari Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari hududlarda terilmay qolgan paxta dalalarida yig‘im-terimda ishtirok etdi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tush paytiga qadar 22 kg paxta terdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzuraxon Yunusova 27 kg paxta topshirdi.
Mutasaddilar tushlikda terimchilarning muammo va takliflarini o‘rgandi.
Ob-havoning keskin pasayishi natijasida paxta yig‘im-terimi sur’ati tushgani sababli shanba-yakshanba viloyatda paxta yig‘im-terimi umumxalq hashari kunlari deb e’lon qilingan.
Hozir viloyat 220 ming tonna paxta bilan 90 foizdan ortiq natija ko‘rsatib, respublikada 3-o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar