2018 yil 14 noyabr soat taxminan 03:35 larda Sirdaryo viloyati FVBga IIBning Tezkor navbatchisi tomonidan A-373 «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishining 13-km.da yuk avtomashinasi yo‘ldan chiqib avtohalokatga uchraganligi yuzasidan ma’lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib borgan.
Shundan so‘ng, qutqaruvchilar yo‘l transport hodisasi oqibatida avtotransport kabinasida qisilib qolgan fuqaroni maxsus texnikalar yordamida kabinadan olib chiqishdi.
Foto: FVV axborot xizmati
Jabrlangan fuqaro hamda yo‘lovchi zudlik bilan Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yetkazildi va bu orqali fuqaro hayoti saqlab qolindi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi