11:38 / 16.11.2018
2 825

Qashqadaryoda yiliga 15300 tonna sut qayta ishlanadi

Qashqadaryoda yiliga 15300 tonna sut qayta ishlanadi
Foto: Turon24
Qashqadaryo viloyatida 1587 ta naslli qoramol boqish, yiliga 15300 tonna sutni qayta ishlash va omixta yem ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda 14 noyabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan Chorvachilikni rivojlantirish xalqaro forumida ma’lum qilindi.

“2018 yilning 1 oktyabrigacha viloyatdagi qoramollar soni 1 mln 520 mingtaga, qo‘y va echkilar 4 mln 448 ming 800 taga yetdi, – deydi viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi chorvachilik bo‘limi boshlig‘i Bayramali Murodullayev. – 2017 yil bilan solishtirganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda qoramollar soni 3,6 foiz, qo‘y va echkilar soni esa 0,3 foiz ko‘paygan”.

Bugungi kunda Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kreditlari evaziga qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga kredit berilmoqda. Mazkur jarayonga “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi asos qilib olingan.

“Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi ushbu loyihalar 2017-2022 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, hozir ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlari bu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilmoqda, – deydi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyiha rahbari Shuhrat Toshev. – O‘tgan davr mobaynida Chiroqchidagi “Hayitqul qaymoq-sut” MChJ, Qarshi tumanidagi “Baxt”, Kosondagi “Istiqlol”, Mirishkordagi “Avazko‘l chorvadori”, Shahrisabzdagi “G‘ayrat nasl chorva”, Kitobdagi “Do‘stboy chorva” fermer xo‘jaliklari mazkur kredit imtiyozlaridan to‘laqonli foydalanmoqda”.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida chorva mahsulotlari yetishtirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Loyiha doirasidagi kredit mablag‘larini 5 yilgacha muddatga, 1 yillik imtiyozli davr bilan olish mumkin. U qoramol boqish, sutni qayta ishlash, veterinariya xizmati va shu kabi faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda yiliga 15300 tonna sut qayta ishlanadi