14:36 / 17.11.2018
3 815

Biznes va boshqaruv oliy maktabiga Rustam Abduraupov direktor bo‘ldi

Biznes va boshqaruv oliy maktabiga Rustam Abduraupov direktor bo‘ldi
Rustam Abduraupov 16 noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda maktab axborot xizmati xabar berdi.

Rustam Abduraupov bungacha Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida dekan o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Respublika biznes va boshqaruv oliy maktab prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida ochilgan edi.

Abduraupov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent moliya institutini tamomlagan, shuningdek, xorijda o‘qib-ishlab kelgan. U AQSh va Gollandiyada ko‘p yillik ish tajribasiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biznes va boshqaruv oliy maktabiga Rustam Abduraupov direktor bo‘ldi