15:00 / 19.11.2018
10 986

“Masha va ayiq” multfilmi “Kremlni targ‘ibot qilish mashinasining qismi” sifatida baholandi

“Masha va ayiq” multfilmi “Kremlni targ‘ibot qilish mashinasining qismi” sifatida baholandi
Britaniyaning "The Sunday Times" gazetasi Rossiyada ishlangan “Masha va ayiq” (o‘zbekchaga "Qizaloq va maymoq" deb tarjima qilingan – tahririyat izohi) multfilmi “Kremlni targ‘ib qilish mashinasining bir qismi” ekanligini qayd etdi.

Gazetada chop etilgan maqola muallifi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, barcha ekspertlar bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan. Ular multfilmning nafaqat bolalar, balki kattalarga ham Rossiya televideniyesi targ‘iboti sifatida ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaganlar.

Bukingem universiteti professori Entoni Glis tomonidan yozilgan ushbu maqolada multfilm bosh qahramoni Masha “yovuz va jirkanch” deb atalgan.

Bundan ilgariroq ham “Masha va ayiq” multfilmi tanqid etilgan bo‘lib, Rossiyaning Latviya, Litva va Ukraina kabi davlatlarga nisbatan qo‘llanayotgan “Rossiyaning yumshoq bosimi” sifatida atalgan.

“Masha va ayiq” Rossiya multiplikatsion seriali “Animakkord” animatsiya studiyasi tomonidan suratga olingan va keng jamoatchilik auditoriyasiga mo‘ljallangan. Bu multfilm namoyishi 2009 yildan boshlangan bo‘lib, uch o‘lchamli grafika asosida suratga olingan.

2011 yili filmning birinchi “Mashaning ertaklari” deb nomlangan spin-offi ham chiqarilgan bo‘lib, u rus xalq va boshqa ertaklar motivlari asosida yaratilgan.

2014 yildan ekranga “Mashaning qo‘rqinchli hikoyalari” spin-offi chiqarilgan.

Ushbu multserial Rossiyadan tashqari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Lotin Amerikasi davlatlari va boshqa telekanallar orqali translyatsiya qilib kelinmoqda.

Birgina Italiya davlatining o‘zida bu multfilm 900 ta kinoteatrda namoyish qilinib, 4,5 mln yevro mablag‘ ishlagan. 2017 yili Turkiyadagi tomoshalari birinchi uch kunligida 125 833 kishi tomonidan ko‘rilgan multfilm mazkur muddat davriga ko‘ra rekord o‘rnatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Masha va ayiq” multfilmi “Kremlni targ‘ibot qilish mashinasining qismi” sifatida baholandi