O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarga eslatma bilan chiqdi.
Rossiya Federatsiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha federal xizmati O‘zbekiston tomoniga rasman tasdiqlashicha, O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini olib kelishga cheklov o‘rnatilgan.
TIV xabariga ko‘ra, tegishli xatda quyidagicha qayd etilgan: «O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida Rossiya Federatsiyasi uchun karantin ostidagi mahsulotlarda karantin ob’ektlari muntazam tarzda aniqlanayotgani munosabati bilan, Konvensiyaning VII moddasi 1a bandiga tayangan holda 2012 yil 16 apreldan e’tiboran «Rosselxoznadzor» tomonidan O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga olib kelishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgan». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin