10:53 / 23.11.2018
3 482

Yagona portalda 23 ta yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi

Yagona portalda 23 ta yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi
Joriy yilning uchinchi choragiga qadar Yagona portalda 23 ta yangi interaktiv davlat xizmatlari joriy etildi. Bu haqda «UZINFOCOM» yagona intergratori matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) «bir darcha» tamoyilida xizmat ko‘rsatmoqda.

Yagona portal foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaksion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Interaktiv davlat xizmatlari Yig‘ma reyestri 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yig‘ma reyestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.

Hozirga kunga kelib, Yagona portal tomonidan 127 ta interaktiv davlat xizmati foydalanish uchun taqdim etilgan bo‘lib, har bir foydalanuvchiga masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratilgan.

2018 yilning 21 noyabr holatiga ko‘ra, Yagona portal orqali amalga oshirilgan murojaatlar soni 3.2 mln., portaldan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 57.7 ming va Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilgan murojaatlar soni 2.2 mln.ni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Yagona portalda 23 ta yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi