08:30 / 23.11.2018
24 021

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi
Andijon viloyati, Izboskan tuman IIB tezkor xodimlari S.Ya va I.X. 22 noyabr, tungi soat 01:30larda xizmat vazifasini o‘tayotib, fuqarolar Z.T, S.N, F.Yu, E.E, A.S, X.M va A.J.ni to‘xtatib, ularning shaxsini aniqlash maqsadida o‘zlarini tanishtirishini so‘rashgan.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, fuqaro A.J. ichki ishlar xodimlari talabiga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatgan va telefon orqali ukasi S.J va jiyani Z.Q.ni chaqirgan.

Qarindoshlari voqea joyiga yetib kelgach, bu shaxslar ichki ishlar xodimi I.X.ni ayovsiz urib, tepkilab o‘ldirishadi va ikkinchi xodim S.Ya.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazadilar.

Jinoyat sodir etgan aka-uka va jiyan qo‘lga olinib, ularga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2- qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Nizoning boshqa ishtirokchilari ham guvoh sifatida qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi