12:00 / 28.11.2018
4 230

Toshkent davlat pedagogika universiteti «SMART universitet»ga aylanadi

Toshkent davlat pedagogika universiteti «SMART universitet»ga aylanadi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Turkiyaning «Informascope» kompaniyasi bilan hamkorlikda «SMART universitet» loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, 26 noyabr kuni universitet rektori Shavkat Sharipov va «Informascope» kompaniyasi boshqaruv direktori Quvanch Chinar ishtirokida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat pedagogika universitetida zamonaviy talablar darajasida «SMART universitet» elementlarini joriy etish bo‘yicha bir qator amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Jumladan:

- universitetda mavjud turli xil axborot tizimlari, kompyuter dasturlarini o‘zaro integratsiya qilish;

- foydalanuvchilarni yagona identifikatsiya tizim orqali istalgan joydan universitet resurslaridan foydalanishlarini yo‘lga qo‘yish;

- bugungi kundagi qurilmalarga mos ilovalar yaratish evaziga mavjud tizimlardan foydalanish geografiyasini kengaytirish;

- talabalar bilimini nazorat qilishning avtomatlashgan tizimini joriy etish;

- bitiruv malakaviy ishlari, magistr PhD va DSc dissertatsiyalarini, «plagiat»ga tekshirish avtomatlashtirilgan tizimini shakllantirish;

- «SMART» texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun «master-klasslar» tashkil qilish.

Muzokaralar yakunida «Informascope» kompaniyasi bilan «SMART universitet» elementlarini bosqichma-bosqich joriy etishga kirishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent davlat pedagogika universiteti «SMART universitet»ga aylanadi