Shu yil 7 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 1 noyabr kuni uning yashash uyida “Abror Toshmatov” ismli noma’lum shaxs o‘zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta’minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 330 000 so‘m pul olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida "Toza Hudud" DUK haydovchisi bo‘lgan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi