08:56 / 07.12.2018
7 416

Toshkent shahar IIBB Chilonzordagi «tungi kapalaklar»ga qarshi choralar ko‘rmoqda

Toshkent shahar IIBB Chilonzordagi «tungi kapalaklar»ga qarshi choralar ko‘rmoqda
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB huquq himoyachilari fuqarolarning tartib o‘rnatish haqidagi murojaatidan so‘ng Chilonzor va poytaxtning boshqa tumanlarida muntazam monitoring olib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro OAVga xat yo‘llab, unda Chilonzor-18 dahasidagi 16-uy derazalari tagiga har kuni fohishalar o‘tirgan avtomobillar kelib to‘xtashi, bu esa mahalliy aholiga tinchlik bermayotganligidan shikoyat qilingan edi.

Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aybi aniqlangan fuqarolarga sanksiyalar qo‘llanilmoqda.

«29 dekabrdan boshlab IIBB xodimlari ko‘rsatilgan yo‘l qismida muntazam patrullik olib bormoqda (jumladan tungi vaqtda ham). Tungi tinchlikni buzayotganlar ko‘pincha avtomobillardan foydalanganligi sababli patrullik qilishda profilaktika inspektorlari bilan bir qatorda IIBB YHXB xodimlari ham ishtirok etmoqda. 29 noyabr kuni to‘rt nafar qiz qo‘lga olingan, 30 noyabr kuni — yana ikki nafar», — deyiladi xabarda.

Statistikaga ko‘ra, yil davomida 65 ta qiz hisobga qo‘yilgan, yana 826 nafar qizga nisbatan Ma’muriy kodeksning 190-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar IIBB Chilonzordagi «tungi kapalaklar»ga qarshi choralar ko‘rmoqda