“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining ish vaqtini soat 19:00 gacha uzaytirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Bildirilishicha, bugungi kunda davlat va ayrim nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ish vaqti bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga (MTM) qatnashida muammolarni yuzaga keltirmoqda. MTMlarda ish vaqtining kechki 17:00 gacha belgilangani sabab, ota-onalar ishdan uzilgan holda farzandlarini muassasalardan olishi yoki noilojlikdan yaqin bo‘lmagan odamlarga farzandlarini vaqtinchalik tashlab ketishga majbur bo‘lishmoqda. Bu holat ayniqsa, istiqomat qiladigan hududda qarindoshi yoki yaqin odami bo‘lmagan ota-onalar uchun murakkablik tug‘dirmoqda, deyiladi murojaatda.
“Bugungi kunda prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan MTMlar faoliyatini kengaytirish, ular uchun qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar yaratish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinib, tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mazkur masalani MTMlarda mavjud kadrlarning ish vaqtlarini qayta taqsimlash yo‘li bilan yoki navbatchi xodimlarni biriktirgan holda hal etish maqsadga muvofiq”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi