
61 yoshli Shuhrat Nosirov «Shuhrat Dombrabadskiy» nomi bilan jinoyat olamida mashhur. U 23 yillik qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqqach, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «Nosirxon» jome masjidini tortib olgan. Dombrabadskiy aytishicha, masjid uning pullariga qurilgan ekan.
Bundan tashqari, Shuhrat Nosirov qarindoshi Bahodir Sharopov bilan ham yovlashib qoldi. Bahodir o‘z nomidagi uyni sotmoqchi bo‘lganda, Shuhrat Nosirov va ukasi qat’iy qarshilik qilib, bu uy ham aslida ularga tegishli ekanini aytib turib olishgan. Uy hujjatini tortib olishgan.
Bu gal Shuhrat Nosirov kuch ishlatish, qo‘rqitish orqali birovlardan pul undirish, qalbaki hujjatlar tayyorlashda ayblanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar